Maxfiylik siyosati
Bu sahifa we1 platformasi qanday ma’lumotlarni yig‘ishini va ulardan qanday foydalanishini oddiy tilda tushuntiradi. Platforma hozir beta bosqichida, shuning uchun bu matn ham o‘zgarishi mumkin.
Qanday ma’lumotlarni yig‘amiz
- Hisob: email manzil va parol. Parol ochiq holda saqlanmaydi, faqat bir tomonlama hash ko‘rinishida.
- Google orqali kirish: “Google bilan davom etish” ni tanlasangiz, Googledan faqat email manzilingiz va ismingizni olamiz. Bunday hisobda parol saqlanmaydi. Google bilan kirish faqat shu imkoniyat yoqilgan bo‘lsa ko‘rinadi.
- Profil: ism, taxallus (handle), yo‘nalish, kasbi (headline), o‘qish joyi, qisqa bio, ko‘nikmalar va ularni qayerda ishlatganingiz haqidagi izoh, maqsad, nimaga ochiqligingiz, tillar, GitHub havolasi, Journey yozuvlari (ish, hackathon, kurs va boshqalar), bandlik, shahar (ixtiyoriy) va profil ko‘rinishi sozlamasi. Journey yozuvlarini o‘zingiz kiritasiz; ular tashkilot tomonidan tasdiqlangan deb belgilanmaydi.
- Loyiha va arizalar: siz yaratgan loyihalar, yuborgan arizalar, ularning matni va holati, jamoa a’zoligi, tanishuv so‘rovlari va ularning maqsadi.
- Postlar: yozgan postlaringiz matni va turi. Postlar ommaviy ko‘rinadi.
- Xabarlar: suhbatlardagi xabarlar. Ularni faqat suhbat ishtirokchilari ko‘radi. Ilovani ishlatib turish, xavfsizlik va shikoyatlarni ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lganda texnik xodimlarning ma’lumotlar bazasiga kirish imkoni bor. Platforma administratorlari xabarlarni odatdagi ish jarayonida o‘qimaydi, lekin bu texnik imkoniyat mavjudligini yashirmaymiz. Xabarlar uchidan-uchigacha shifrlanmagan.
- Bildirishnomalar: ariza, tanishuv so‘rovi, jamoaga qo‘shilish va loyihaga taklif haqidagi qisqa yozuvlar. Ular sizga ilova ichida ko‘rsatiladi.
- Tashkilot a’zoligi: “men shu yerda o‘qiyman yoki ishlayman” deb belgilagan tashkilotlaringiz. Bu tashkilot sahifasida ko‘rinadi.
- Faollik: XP ballari va badge’lar (profil yoki loyiha yaratish kabi harakatlar uchun).
- Aloqa xabarlari: aloqa formasi orqali yuborgan ism, email va xabar matni, shuningdek spamga qarshi himoya uchun IP manzilning hash ko‘rinishi.
- Hisobotlar va xavfsizlik: boshqa foydalanuvchi yoki loyiha ustidan yuborilgan shikoyatlar, bloklash qaydlari va muhim harakatlarning texnik jurnali.
Cookie
Biz faqat kirish holatingizni saqlash uchun zarur sessiya cookie’sidan foydalanamiz (we1_session, httpOnly). Reklama yoki kuzatuv cookie’lari qo‘llanmaydi. Brauzer xotirasi (localStorage) faqat qoralama yoki filtr kabi qulayliklar uchun ishlatilishi mumkin. Shrift Google Fonts orqali yuklanadi, shuning uchun brauzeringiz shu xizmatga so‘rov yuboradi.
Ma’lumotlardan qanday foydalanamiz
- hisobingizni yuritish va tizimga kirishni ta’minlash;
- profil va loyihalarni boshqa foydalanuvchilarga ko‘rsatish — siz tanlagan ko‘rinish darajasida;
- arizalar va ulanishlarni loyiha egalari va ishtirokchilar o‘rtasida yetkazish;
- odam qidirishda mos kelish sabablarini (masalan, ko‘nikma, shahar) ko‘rsatish; bu oddiy qoidalarga asoslangan, avtomatik qaror qabul qilish emas;
- ilova ichidagi bildirishnomalar va xabarlarni yetkazish;
- aloqa xabarlariga javob berish va suiiste’molni oldini olish.
Email manzilingiz boshqa foydalanuvchilarga ko‘rsatilmaydi. Aloqa xabarlari oddiy foydalanuvchilarga o‘qilmaydi. Ma’lumotlaringizni sotmaymiz.
Kim ko‘radi
Profilingiz “hamma uchun” yoki “faqat a’zolar uchun” bo‘lishi mumkin — buni siz tanlaysiz. Loyiha nomi, qisqa tavsifi va ochiq rollar ommaviy ko‘rinadi. Postlar ommaviy ko‘rinadi. Ariza matnini faqat tegishli loyiha egasi ko‘radi. Xabarlarni faqat suhbat ishtirokchilari ko‘radi (yuqoridagi texnik kirish haqidagi izohga qarang). Qidiruv va “Odam topish” natijalarida ochiq profilingiz maydonlari (masalan, ko‘nikmalar, shahar, nimaga ochiqligingiz) boshqalarga ko‘rinadi; email ko‘rinmaydi. Platformani ishlatish uchun zarur texnik xizmatlar (hosting, ma’lumotlar bazasi) ma’lumotni bizning nomimizdan saqlashi mumkin.
Yosh cheklovi
we1 hozircha faqat 18 yosh va undan katta foydalanuvchilar uchun. Ro‘yxatdan o‘tish orqali shu shartga rozilik bildirasiz.
Rozilik, ko‘rish va o‘chirish
Ro‘yxatdan o‘tib, ushbu siyosatga rozilik bildirasiz. Profil ma’lumotlarini istalgan vaqtda platformada tahrirlashingiz mumkin. Ma’lumotlaringiz nusxasini olish yoki hisobingiz va unga bog‘liq ma’lumotlarni o‘chirishni so‘rash uchun aloqa formasi orqali yozing; so‘rovni oqilona muddatda ko‘rib chiqamiz. Aloqa formasi orqali yozilgan xabarni o‘chirish ham shu yo‘l bilan so‘raladi.
Saqlash va xavfsizlik
Ma’lumotlarni hisobingiz faol bo‘lgan davrda yoki o‘chirish so‘ralmaguncha saqlaymiz; xavfsizlik va nizolarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan minimal yozuvlar bundan mustasno. Parollar hash qilinadi (Google bilan kirgan hisoblarda parol umuman yo‘q), sessiya cookie’si httpOnly. Hech bir tizim mutlaq xavfsiz emas, shuning uchun to‘liq himoya kafolatini bera olmaymiz.
Muhim: bu matn qonuniy maslahat emas va qonuniy muvofiqlik kafolatini bermaydi. Beta bosqichida u yakuniy yuridik ko‘rib chiqishdan o‘tmagan; rasmiy ishga tushirishdan oldin yangilanadi.
Aloqa
Savollar uchun aloqa formasidan foydalaning. Shartlar: Foydalanish shartlari.